«Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda er resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PQ-135-son farmon qabul qilindi.
Farmon bilan:
a) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish miqdorini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi:
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4 va 5-toifali tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
b) barcha turdagi er uchastkalari miqdori o‘n besh ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi, bundan boshlang’ich bahosi 50 foizdan ortiq kamaytirilgan holda realizatsiya qilingan er uchastkalari mustasno;
v) er uchastkalari eng yaxshi taklifni tanlov asosida baholovchi tashkilot aniqlaydigan bozor narxida Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g’ridan-to‘g’ri realizatsiya qilinganda, ushbu er uchastkasi uchun quyidagi ko‘rinishlardan birida hisob-kitob qilinishi mumkin:
er uchastkasi qiymatini bevosita to‘lash, shuningdek, ushbu bandga muvofiq bo‘lib-bo‘lib to‘lash;
er uchastkasining bahosini talabgor tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga belgilangan shartlar asosida davlat ulushi sifatida kiritish.
«Elektron onlayn-auksionlarni
ta’sis etish» AJ Respublika hududiy vakili R. Esimbetov