Inson qadri va manfaatlrai uchun

Nukus tumani jinoyat ishlari bӯyicha sudi raisi A.Seytanov Nukus tumani «Baqanshaqlы» OFYda yashovchi aholi bilan 2024 yil 02-mart kuni Nyu-York shahrida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida «Inson qadri va manfaatlrai uchun» degan ezgu g’oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar Ozbekiston uchun doimo ustuvor mavzusida sӯzlagan nutqi mazmun-mohiyatini ӯrganishga bag’ishlangan suhbat tashkil etildi.
Nukus tumani jinoyat ishlari bӯyicha sudi raisi A.Seytanov ӯz nutqida davlatimiz rahbari keyingi yillarda Ozbekistonda amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan keng kolamli islohotlarga alohida toxtalib, global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar echimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.
– Biz huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat bolmish Yangi Ozbekistonni barpo etish siyosatini qat’iy davom ettirmoqdamiz. Mamlakatimiz “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu g’oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yolidan dadil ilgari bormoqda, – dedi Prezidentimiz.
Ozbekistonda yangilangan Konstitutsiya boyicha otkazilgan umumxalq referendumi milliy taraqqiyotimizning ustuvor yonalishlarini belgilab bergani qayd etildi. Asosiy qonunimizda millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, soz va vijdon erkinligi printsiplariga sadoqat yana bir bor tasdiqlandi. Shu huquqiy asosda qabul qilingan “Ozbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga uyg’undir.

Yig’ilish ishtirokchilarining e’tibori mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, majburiy va bolalar mehnatiga toliq barham berish borasida erishilgan natijalarga qaratildi.
– Bir asr mobaynida Ozbekistonda millionlab insonlar paxta terimiga majburiy ravishda jalb etib kelindi. Har yili sentyabr oyidan dekabrgacha aholining asosiy qismi – oqituvchi va shifokorlar, tadbirkorlar, ishchi va xizmatchilar, eng achinarlisi, maktab oquvchilari va talabalar paxta terimiga safarbar qilinar edi. Buning natijasida ozbek paxtasiga boykotlar e’lon qilingan, mamlakat esa yillar davomida “qora royxat”larga kiritilgan edi. Qat’iy irodamiz tufayli endi bularning barchasi otmishga aylandi. Xalqimiz paxta qulligidan butkul ozod boldi, – dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida bildirilgan boshqa fikrlar, ӯrtaga tashlangan taklif va tashabbuslar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Nukus tumani jinoyat ishlari bӯyicha sudi raisi
Seytanov Azat Ismaylovich

Skip to content