Nukus tumani 21-sonli umumta’lim maktabida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida Nukus tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari xodimlari o‘rtasida «Sog‘ tanda – sifatli ta’lim» shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining Nukus tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada maktablardan jami 116 nafar xodim ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida sportning «Kichik futbol» turidan 1-o‘rinni 23-sonli maktab jamoasi,»Voleybol» turidan o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni 7-sonli maktab, xotin-qizlar o‘rtasida 19-sonli maktab jamoasi,
«Stol tennisi» bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin 1-sonli maktabdan R.Jamalov, ayollar o‘rtasida 1-o‘rin Ixtisoslashtirilgan maktabdan A.Jumaboyeva, «Shaxmat» bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin 16-sonli maktabdan Sh.Kaypov, ayollar o‘rtasida 1-o‘rin 1-sonli maktabdan G.Koshanova, «Shashka» bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin 16-sonli maktabdan T.G‘aniyev, ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni 31-sonli maktabdan U.Aymanovalar qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.
G‘oliblarga Homiylik tashkilotlari hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus tumani bo‘lim kengashi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar va diplomlar topshirildi.