Bugun Nukus tumani soliq inspektsiyasi 4-sektor boshlig’i tomonidan 4-sektorga tegishli mahallalardagi nuroniylar o‘rtasida sportning «Shaxmat» turi bo‘yicha «4-sektor boshlig’i» kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqani Nukus tumani Nuroniy jamg’armasi boshlig’i J.Qaypov ochib berdi. Musobaqa yakunida 1-o‘rinni Sultonmurod Oqilbekov, 2-o‘rinni Jamil Bobonazarov va 3-o‘rinni Karamatdin Ametovlar egalladi va g’oliblarga 4-sektor rahbari tomonidan ta’sis etilgan diplom va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.