Sayxunobod tajribasi

Nukus tumani «Diyqan arna» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Allambergenova Miyrigul mahalla hokim yordamchisi orqali imtiyozli 5 mln so‘m kredit olib, uy sharoitida quyonchilikni yo‘lga qo‘ydi. Mutaxassislarning aniqlashicha, tarkibi va foydali xususiyatlari bo‘yicha quyon go‘shti boshqa go‘sht turlaridan ustun turadi. Shuningdek, quyon go‘shti birinchi raqamli parhez go‘sht hisoblanadi. Shuning uchun, bu yo‘nalishdagi ishlarni tumanda rivojlantirish choralarini amalga oshirish zarurati bor. Chunki, tadbirkorlikning bu yo‘nalishi xalqimiz uchun foydali ozuqa bo‘lishi bilan birga daromadli ehtiyoj hisoblanadi.

Skip to content