Tashkil topgan sana – Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1968-yili 25-dekabrda tashkil etilgan. Gʻarbda Xoʻjayli, shimoli-gʻarbda Amudaryo orqali Qanlikoʻl tumani, sharqda Qoraoʻzak, shimoli-sharqda Kegeyli, shimolda esa Boʻzatov tumanlari, janubi-sharqda Amudaryo tumani bilan chegaradosh. Kegeyli tumanidan ajralib chiqqan. Nukus shahriga yaqin atrofida joylashganlikdan, yangidan tashkil etilgan tumanga Nukus nomi berilgan. Tumanning ma’muriy markazi – Oqmangʻit shaharchasi hisoblanadi. Tumanda bugungi kunda jami 52,8 ming aholi istiqomat qiladi. Nukus nomi qoraqalpoqlarning eski qabila nomi Nukusdan kelib chiqqan. Nukus xaliq orasida “Toʻqqiz odam” degan ma’noni bildirishi haqqida koʻp aytiladi. Nukusda bizning eramizga qadar 3-4 asrlarda odamlar yashashni boshlagan. 19 asrda Qaraboyli boʻylarida Nukusning ikki Qoʻrgʻoni boʻlganligi haqqida sayohatchi Vamberi 1863-yili Xivadan Qongʻirotga Amudaryo boʻylab kemada suzganida koʻrgani haqqida aytgan. Nukus urugʻlari Sarimay o’zani buylarida yashagan. Bundan ertaroqda esa Arol Dengizi buylarida yashagan. Arxelogik qazilmalarga qaraganda Qadimgi Shursha qa’lasi deb atalgan Qoʻrgʻonning oʻrnida qurilgan Buqoʻrgʻon 4 asrdan avvalgi Xorazm davlati uchun muhum yerlardan biri sanalgan va xarbiy qoʻrgʻon sifatida foydalanilgan Xorazm chegarasi va Amudaryo suv yoʻllarini nazorat qilgan, qoʻrgʻon yon atrofida Qoraqalpoqlar yashagan. Hozirga qadar qoʻrgʻon oʻrni saqlanib qolgan.
Diqqatga sazovor joylari Hayvon-qalʼa (Hayvanqalʼa, forscha «Eyvan» soʻzidan – balkon, ayvon, ochiq galereya, tom ma’noda «Balkon shahar», yozma manbalarda Kerder (Kurder), yaʼniy forscha «Gardar» soʻzi «tepalik» degan ma’noni anglatadi) – markazi Kerder xoʻjaligi. Nukus tumanining Shoʻrtanboy daryosining eski irmogʻining chap tomonida joylashgan. Hozirda hududda “Kerder” fermer xoʻjaligi joylashgan. Tok-qalʼa (Darsan) – aholi punkti Tok togʻining kichik tabiiy tepaligida joylashgan. Umumiy maydoni 8 gektarni tashkil etadi. Yodgorlik 3 qismdan: antik, ilk o‘rta asr va qabristondan iborat Tuman hududi –0,94 ming km². Tumanda Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 1 ta. Mahalla fuqarolar iyig’inlari soni – 12 ta.