Sog‘lom turmush tarzi uchun – 5000 qadam

Bugun Nukus tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida «Sog‘lom turmush tarzi uchun – 5000 qadam» ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.

Nukus tumani hokimligi binosi yonidan boshlangan ommaviy yurish marafonida tibbiyot, mahalla faollari, sport maktabi va yoshlardan iborat 300 dan ortiq faollar ishtirok etdi. Tadbir davomida marafon ishtirokchilari tuman hududidagi sport maktabi stadionida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajardi.

Skip to content