O‘zbekistonda aholini royxatga olish 2025−2026-yillarga moljallanmoqda

2025−2026-yillarda Ozbekistonda aholini royxatga olish ishlari otkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2024-yil 4-mart kuni president imzolagan qaror ilovasida belgilab qoyilgan.
Prezident qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boyicha yol xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini royxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Yol xaritasida 2024-yil davomida agentlik aholini royxatga olishni otkazishga tayyorgarlik korishishlarini davom ettirishi belgilangan.
Jumladan:
Aholini royxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish boyicha targibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun video rolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash;
2021 yilda otkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini royxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;
Xalqaro tajriba va ekspertlar tavsiyalari asosida «Aholini royxatga olish» axborot tizimini takomillashtirish;
«STATA» amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda royxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;
Aholini royxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish vazifalarini amalga oshirish belgilangan.

Skip to content