Davlat xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Nukus tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli «Fortuna-Xanto‘re» davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida Nukus shahri va Nukus tumani davlat xususiy sheriklik asosida va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkilotchilari uchun respublika seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi metodisti N.Qurbonova, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi Nukus tumani bo‘limi shifokori, Nukus tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Tilevniyazova, bo‘lim bosh metodisti A.Kallibekova hamda ta’lim va madaniyat xodimlari Nukus tumani bo‘limi boshlig‘i M.Nuratov ishtirok etdi.

Seminar davomida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishning ahamiyati, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena qoidalari va normalariga rioya etish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tegishli ish hujjatlarining yuritilishi, «Nodavlat nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari» uyushmasi tegishli qabul qilingan huquqiy me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish va tuman davlat xususiy sheriklari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xizmatchilarining boshlang‘ich kasbiy uyushmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi va fikr-mulohazalarini bildirdi.

Skip to content