Bugun Nukus tumanida kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tuman hududida tashkil etilgan maxsus shtab a’zolari va tegishli soha vakillari bilan birgalikda tonggi tarqatish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korruptsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig’i, Respublika ishchi guruhi a’zosi B.Matmuratov so‘zga chiqib, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ko‘p qavatli uy-joylardagi avariya holatlarini tezkor bartaraf etish va ijtimoiy ob’ektlarda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda fuqarolarning zaharli gazlardan zararlanishining oldini olish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbir davomida ishchi guruh a’zolari hududlarga chiqqan holda fuqarolar o‘rtasida kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ’ibot ishlarini olib bordi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida
