Metodik mahorat soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida»gi PF-152-son Farmoni asosida respublikamizning barcha shahar va tumanlarida tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 8 noyabrdagi 362-sonli buyrug’i, Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 15 noyabrdagi 143-sonli buyruqlariga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g’risida»gi hamda Nukus tumani 9-sonli maktab ta’limi tashkiloti va Nukus tumani 3-sonli maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2024 yil 15 dekabrdagi 143-sonli buyruqlariga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning Seminarda trenerlik qiluvchi 9-sonli tashkilot metodisti Xadjieva Ulzada Bayratdinovna tayanch tashkilotga biriktirilgan 16 ta davlat tashkilotining etakchi pedagoglariga o‘z tajriba va bilimlarini o‘rgatib bormoqda. Ushbu seminar orqali pedagoglarimiz, jahon tajribasidan o‘rnak olib, zamonaviy ta’lim berishning yangi shakllarini joriy etish va maktabgacha ta’lim sohasining yangi bosqichlarga chiqishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Bugun Nukus tumanidagi 9-maktabgacha ta’lim tashkilotida «Metodik mahorat soati»ga start berildi
