Nukus tumanidagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayram kechasida tuman hokimi Z.Zaytov so‘zga chiqib, harbiy soha xodimlarini, faxriylar va bayram qatnashchilarini sana munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan inson qadrini ulug’lash, Qurolli Kuchlarni mustahkamlash, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini, mamlakatimiz sarhadlariga daxlsizligini ta’minlash, shu bilan birga taktik hamda strategik vazifalarini samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, har tomonlama yaxshi qurollangan milliy armiyani yanada takomillashtirish bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, 71181-sonli harbiy qism ofitser va serjantlari, tuman Mudofaa bo‘limi xodimlariga tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi.