O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi 454-sonli qaroriga asosan, Nukus tumani hududidagi «Aqmang’it» kanalining 9,5 km masofasini rekonstruktsiya (betonlash) qilish belgilangan. Loyihani amalga oshirish uchun 9,5 mlrd. so‘m mablag’ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda qirqib oluvchi korxona tomonidan zarur texnikalar olib kelinib, kanalni betonlash uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Nukus tumanidagi «Aqmang’it» xo‘jaliklararo kanali 1963 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, umumiy uzunligi – 9,5 km, umumiy suv sarfi – 3,0 m3/sek.ni tashkil etadi. Ushbu kanal «Kattag’ar» magistral kanalidan suv olib, Nukus tumani «Aqmang’it,» «Kattag’ar» va «Darmon» xo‘jaliklari hududlaridagi xo‘jaliklari tomorqalari hamda 29 ta fermer xo‘jaligining jami 2850 gektar ekin maydonlariga xizmat ko‘rsatadi. Kanalni betonlash natijasida, yillik hisobda 5 mln 443 metr kub suv tejaladi.