ELEKTR TARMOQLARI TORTILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi «2020-2023 yillarda Qoraqalpog’iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PQ-4889-son qaroriga muvofiq, Nukus tuman elektr ta’minoti tomonidan 35 markali elektr tarmog’i tortilmoqda. Nukus tumani «Qirontov» ovul fuqarolar yig’ini hududidagi Kebir ovul va Bog’ ovul aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Bugungi kunga qadar 157 dona temir beton ustunlar o‘rnatilib, 94 ta xonadon uchun 4,5 km SIP kabellar tortilishi ko‘zda tutilgan.

Skip to content