Xalq deputatlari Nukus tumani Kengashining uhcinchi sessiyаsi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Nukus tumani Kengashining yettinchi chaqiriq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada deputatlar, korxona, tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyani Xalq deputatlari Nukus tumani Kengashi raisi  Z.Zaytov boshqarib bordi. Sessiya kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 7-noyabrda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi 48-sonli bayonnomasining 14-bandida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Nukus tumanida suv resurslarini samarali boshqarish, suv yo‘qotish miqdorini kamaytirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish mavzusidagi masala ko‘rib chiqildi. Ushbu masala bo‘yicha Nukus tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori I.Tilepbeav nutq so‘zladi. Sessiya davomida kun tartibidagi masala bo‘yicha deputatlar tomonidan savollar berilib, fikr va mulohazalar bildirildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Skip to content