«Rahbar va yoshlar uchrashuvi»

«Rahbar va yoshlar uchrashuvi» Bugun Nukus tumani Ma’naviyat va ma’rifat saroyida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimi Z.Zaytov va sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tuman hokimi Z.Zaytov so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan yoshlarimizga qaratilayotgan e’tibor, ularning har tomonlama bilimli, zukko va baxtli bo‘lib kamol topishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan maqsadli foydalanish kerakligini ta’kidladi. Asosan ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda bir qator yoshlar o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar sektor rahbarlari tomonidan ma’qullanib, aniq vazifalar belgilab olindi.

Skip to content