Nukus tumani huquq-tartibot idoralari muvofiqlashtiruvchi kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Nukus tumani hokimligining katta majlislar zalida tuman huquq-tartibot idoralari muvofiqlashtiruvchi kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig’ilishda tuman hokimi Z.Zaytov, tuman prokurori P.Xalmuratov hamda muassasa, korxona rahbarlari ishtirok etdi. Yig’ilishda qonunchilikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024 yil davomida amalga oshirilgan prokuror nazorati ishlari yakunlarini muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni belgilash, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2025 yilga belgilangan ish rejasini tasdiqlash bo‘yicha ma’ruzasi eshitildi. 2024 yil davomida yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar keskin tanqid qilindi hamda bartaraf etish bo‘yicha tegishli soha vakillariga ko‘rsatmalar berildi.

Skip to content