Murojaatlarni ko‘rib chiqish, sohalardagi tizimli masalalarni aniqlash va ulardagi kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi

Bugungi kunda aloqa va axborotlashtirish sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, aloqa va axborotlashtirish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan davlat dasturlari ijrosi, telekommunikatsiya, pochta aloqasi, davriy matbuot tarqatish, teleradioeshittirish va mobil aloqa sohasida faoliyat yurituvchi operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati Koraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.
O‘zkomnazorat inspektsiyasining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo‘limiga 2024 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan turli manbalar orqali jami 499 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib shundan, 20 tasi mahalliy telefon aloqasi yo‘nalishida, 322 tasi ma’lumotlar uzatish yo‘nalishida, 3 tasi pochta aloqasi yo‘nalishida, 146 tasi mobil aloqa yo‘nalishida, 4 tasi teleradioeshittirish yo‘nalishida va 4 ta murojaat boshqa masalalar bo‘yicha kelib tushgan.
Ko‘rib chiqilgan 499 ta murojaatlardan: 435 tasi (87%) qanoatlantirilgan, 50 tasiga (10%) tushuntirish berilgan, 9 tasi arizasiga muvofiq ko‘rib chiqilmadi, 2 tasi vakolatli organga yuborilgan, 3 tasi 30-moddaga muvofiq ko‘rilmagan.
2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 499 ta murojaatlar kelib tushgan o‘tgan 2023-yil (556 ta)ga nisbatan solishtirganda 57 murojaatga, ya’ni 10% kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan murojaatlarni joyida ijobiy hal qilish, mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rish xamda murojaatlarni oldini olish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida o‘tkazilgan Sayyor qabullarda 66 ta murojaat kelib tushgan shundan 62 ta murojaat ijobiy hal qilingan va 4 ta murojaat bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.

Skip to content