«O‘zbekiston-2030» strategiyasi

Yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2023 yil 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g’risidagi Farmoni qabul qilindi. Shu kuni Prezidentimizning yana bir muhim hujjati, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g’risidagi Qarori qabul qilindi. Qarorda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan maqsadlarni 2023 yilda amalga oshirish va 2024 yilga tayyorgarlik ko‘rish masalalari o‘rin olgan. Bunda beshta yo‘nalish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tarmoqlar kesimida 320 ta maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan va 105 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash bilan birga, sud-huquq sohasida ham qator maqsadlar belgilandi. Xususan, yagona elektron reestr yaratish orqali jinoyat ishini qo‘zg’atishdan to ish bo‘yicha hukm chiqarilishigacha bo‘lgan jarayonlarni individual raqam va QR kod orqali kuzatib borish imkoniyati joriy etiladi, dalillarni to‘plash va mustahkamlash ishlari zamonaviy texnologiyalar va so‘nggi ilmiy yutuqlarni joriy etish orqali to‘liq raqamlashtiriladi. Shuningdek, 100 foiz jinoyat ishlari va materiallarning elektron shakldagi nusxasini yuritish hamda ushbu ishlar bo‘yicha elektron hujjat almashinuvini ta’minlash belgilangan. Strategiyaning yana bir maqsadlaridan biri – korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirishdan iborat. «Transparency International» xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Korruptsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog’ona ko‘tarilishga erishish, davlat xaridlari to‘g’risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlarini ikki barobar kamaytirish, bu sohada mablag’larni talon-toroj qilish, tovar va xizmatlar narxi bozor bahosidan oshib ketishining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini to‘liq joriy etish asosiy ko‘rsatkichlar sifatida belgilandi. Prezidentimizning «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g’risidagi qarorida jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yuritish davrida protsessual qarorlarga sanktsiya berish masalasini sudyalar (tergov sudyalari instituti joriy etiladi) tomonidan alohida ko‘rib chiqish tartibi to‘g’risida Qarorda jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yuritish davrida protsessual qarorlarga sanktsiya berish masalasini sudyalar (tergov sudyalari instituti joriy etiladi) tomonidan alohida ko‘rib chiqish tartibi to‘g’risida Prezident Farmoni, mazkur jarayonlarda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirishga oid, axborot bilan ta’minlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihalarini tayyorlash ko‘rsatilgan. Strategiyada ko‘rsatilgan har bir maqsad va ko‘rsatkichlar fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda ifodalangan huquq va erkinliklarini so‘zsiz ta’minlashga xizmat qiladi. Nukus tumanlararo ma’muriy sudi sudya yordamchisi A.Kenesbaeva

Skip to content