Hokimlik xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

Nukus tumani hokimligida Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hokimiyat apparati xodimlari va tumandagi muassasalar mas’ul xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig’iga asosan Nukus tumani hokimligi rahbar xodimlari va mutaxassislarining ish yuritish malakasi va kasbiy darajasini oshirish maqsadida qonunchilik hujjatlari yuritilishi va mas’uliyatini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning PF-6166-sonli farmoni va tegishli qarorlariga muvofiq 2024 yilda «ijro.gov.uz» tizimida topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, uning samaradorligi, aniqlangan kamchilik va muammolar, shuningdek, bu boradagi ishlarni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan tuman hokimligi tarkibiy bo‘linmalarining kelgusida ijro etish tartibi bo‘yicha shaxsiy javobgarligi yuzasidan tegishli soha rahbarlari tomonidan tushunchalar berildi.

Skip to content