«Sud va yoshlar» uchrashuvi

Bugun Nukus tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus tuman sudining tergov sudyasi G.Utepbergenova va Yoshlar ishlari agentligi Nukus tumani bo‘limi boshlig’i A.Moyatdinov ishtirokida «Sud va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida, sud xodimlari o‘zlarining kundalik ishlari, sud jarayonlarini qanday tashkil etish va o‘tkazish tartiblari, umuman sohadagi yangiliklar, o‘zgarishlar haqida so‘zlab berishdi. Bundan tashqari, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada keng yoyish borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan ham keng ma’lumot berildi. E’tiborlisi, yoshlarda sohaga oid qonunchilik yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, unga tegishli javoblar oldilar. Uchrashuv mazmunli va ochiq muloqot asosida tashkil etilgani bilan ham o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Skip to content