«Kitobxonlik haftaligi»

Aholining, ayniqsa, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish borasida sohada qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugun, Nukus tumani Axborot-kutubxona markazida 21-27-aprel kunlari davomida «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nukus tumani Nuroniy jamg‘armasi raisi J.Qaypov, Adliya bo‘limi boshlig‘i A.O‘tevliyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig‘i N.Toimbetov, yozuvchi va jurnalistlar ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqanlar, ishtirokchilar va o‘quvchi yoshlarga kitob – bu ma’naviy ozuqa, kitobxonlik esa eng oliy fazilat ekanligi tushuntirilib, kitob bilan do‘st bo‘lishga, uni qadrlashga chaqirdi. Shundan so‘ng, Tadbir doirasida yil davomida kutubxona tadbirlarida faol ishtirok etgan va eng ko‘p kitob o‘qigan kitobxon ota-onalarimiz bilan birgalikda faol yoshlarimizga Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi. Shuningdek, Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kutubxonamizga yangi kelgan badiiy adabiyotlardan M.Nizanovning «Tutqun,» «Qoraqalpoqning shonli farzandlari,» Yuy Xuaning «Yashash» romanlariga bibliografik sharhlar berib o‘tildi.

Skip to content