Nukus tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Nukus tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari va tegishli soha rahbarlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyani Xalq deputatlari Nukus tumani Kengashi raisi Z.Zaytov boshqarib bordi. Birinchi masala Nukus tumani Xalq qabulxonasi tomonidan 2025-yil birinchi choragi davomida tuman bo‘yicha murojaatlarning qonuniy o‘rganilishida yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar va oldindagi belgilangan vazifalar haqida Nukus tumani Xalq qabulxonasi boshlig‘i Q.Gulmanovning hisoboti tinglandi. Ikkinchi masala Nukus tumanida 2025-yil birinchi choragi davomida «Ayollar daftari»ning 6-bosqichi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari haqida Nukus tumani hokimi o‘rinbosari S.Abatovaning ma’ruzasi tinglandi.Uchinchi masala Nukus tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2025-yil birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Nukus tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshlig‘i E.Begdullayevning bayonoti tinglandi. To‘rtinchi masala Nukus tumanida 2025-yil ajratilgan suv limitlari haqida Nukus tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi boshlig‘i D.Usakovning hisoboti tinglandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. So‘ng ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tumanlik Kengash deputatlari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Xalq deputatlari Nukus tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
