Sud sohasidagi yangi islohotlar

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari zamirida, avvalo, inson qadrini ulug’lash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini kafolatli ta’minlash kabi ezgu maqsadlar mujassam. 2024 yil 10 iyun kuni imzolangan “Tezkor-qidiruv va tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Prezident Farmoni sudlar faoliyatida shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. 2025 yil 1 yanvardan boshlab jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarida ish boshlaydigan tergov sudyalari jinoyat ishlari bo‘yicha sudgacha ish yuritish davrida protsessual qarorlarga sanktsiya berish masalalari – qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, qamoqda saqlash yoki uy qamog’i muddatini uzaytirish, pasportning (shuningdek, tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ham yuklatilmoqda. Bu orqali jinoyat ishlari bo‘yicha birinchi instantsiya sudi sudyalari o‘rtasida ish ko‘lami mutanosibligi ta’minlanadi. Qolaversa, bu jinoyat ishlarini ko‘rish jarayonida ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni puxta va xolis tekshirish, ayblanuvchilarning barcha dalillarini tekshirish va taraflar tomonidan keltirilgan iltimosnomalarni to‘liq ko‘rib chiqishga mustahkam huquqiy asos yaratadi. Eng asosiysi, Farmonda tergov sudyasi o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshirib, faqat qonunga bo‘ysunishi va tergov sudyasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog’liq bo‘lmagan har qanday vazifalarni yuklashga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Muxtasar aytganda, sud-huquq tizimidagi ushbu muhim o‘zgarishlar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ish yuklamasini kamaytirish hamda sudyalarning jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish jarayonlarida qonuniy, asosli va adolatli qaror qabul qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus tumanlararo sudi sudyasi S.Karamatdinova

Skip to content