UCH AVLOD UCHRASHUVI

Bugun Nukus tumanidagi Ma’naviyat va ma’rifat saroyida tuman hokimligi tomonidan «Uch avlod uchrashuvi» tadbiri tashkil etildi. Tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, polkovnik O.Turdaqov, iste’fodagi polkovnik A.Temirxanov, Faxriylar kengashi raisi F.Sankibayev, Ichki ishlar vazirligi ma’naviy-ma’rifiy va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Madjidov va yoshlar taklif etildi.

Uchrashuvni tuman hokimi Z.Zaytov ochib berib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faxriylar va soha vakillarining ibratli ishlarini alohida tilga oldi. Shu bilan birga nuroniylar so‘zga chiqib, katta hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, hozirgi vaqtda nuroniylarga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘zlarining samimiy fikrlarini bildirdilar.

Bugungi erkin va obod jamiyatimiz, farovon hayotimiz, bularning barchasi davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar natijasidir. Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Albatta, bunday tadbirlar yoshlarimizning har tomonlama yetuk inson bo‘lib kamol topishiga, mehnat faxriylarining hayot maktabi bilan yaqindan tanishishiga xizmat qiladi.

Skip to content